2022-yil 27-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-121-sonli maxsus qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) aylantirildi.
Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:
- kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
- kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
- davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasi va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha loyihalarni boshlash va ilgari surishda ko’maklashish.
Farmon bilan, shuningdek, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish, ushbu sohadagi litsenziyalash va litsenziyalash tartib-taomillarini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ ekanligi belgilandi. Agentlik tuzilmasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va o‘rganish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan laboratoriya faoliyat ko‘rsatadi.
Farmon bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasida alohida tartibga solish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Shu bilan birga, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida texnologiyalarni joriy qiluvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida Maxsus tartibga solish rejimini (maxsus tartibga soluvchi “qumdoni” rejimi) o‘rnatadi.
«Tartibga soluvchi qumdoni»ning Maxsus rejimida pilot loyihalarni amalga oshirish doirasida:
- O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan import asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlar, yig‘imlar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot uchun barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi;
- Maxsus tartibga soluvchi qumdoni rejimi ishtirokchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan olingan ish haqi ko‘rinishidagi daromadlar 7,5 foiz miqdoridagi yagona stavka bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi va soliq solish maqsadida aniqlangan jismoniy shaxslarning yillik jami daromadlariga kiritilmaydi.
Farmonda raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar, shu jumladan mayning (turli kripto-aktivlarda yangi birliklar va komissiya yig’imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo’yicha faoliyat), smart kontrakt (raqamli tranzaktsiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi electron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, shuningdek ma’lumotlarning taqsimlangan reestiri texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish.
Farmon bilan quyidagilar belgilandi:
- yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari, shu jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalari soliqqa tortilmaydi va ushbu operatsiyalardan olingan daromadlar soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
- kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar qo‘llanilmaydi.
Farmon bilan Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi. Mayning ucun yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyadan foydalanilgan taqdirda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar o’suvchi koeffitsientga muvofiq to’lanadi.
Mayning Agentlik tomonidan majburiy ro’yxatdan o’tkaziladi va litsenziyalanadigan faoliyat turiga kirmaydi.
Xizmatlar provayderlari faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari – yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Farmonda, shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishlari mumkinligi belgilandi.
Quyosh fotoelektr stansiyalari uchun asbob-uskunalari va qurilmalaridan foydalanuvchi maynerlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tiklanadigan energiya sohasida soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar hamda preferensiyalardan foydalanish huquqiga ega.