O‘zbekiston Respublikasida o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 245 trln. so‘mni (24 mlrd. AQSH dollari) o‘sish sur’ati bilan 2020 yilga nisbatan 105,2 foizni tashkil etdi, shundan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari – 5,28 milliard AQSh dollari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2,79 milliard AQSh dollari, davlat kafolati bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar 1,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalarning o’zlashtirilishi 33,3 ni tashkil etdi.
Hisobot davrida Davlat investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,33 milliard dollarlik 226 ta yirik investitsiya loyihasi (34881 ta ish o‘rni), 80910,7 milliard so‘mlik 15170 ta loyiha (226316 ta ish o‘rni) amalga oshirildi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida 261 ming 197 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Xitoy Xalq Respublikasi 1,62 milliard AQSh dollari, Turkiya 0,62 milliard AQSh dollari, Germaniya 0,58 milliard AQSh dollari, Rossiya Federatsiyasi 0,55 milliard AQSh dollari, Qozog’iston 0,167 milliard AQSh dollari, Janubiy Koreya 0,11 milliard AQSh dollari asosiy xorijiy hamkorlar bo’ldi.
Investitsiyalar asosan yangi qurilishga 124564,4 mlrd.soʻm (50,8%), neft-gaz 15729,3 mlrd.soʻm (6,4%), foydali qazilmalar (nometallar) qazib olish 14950,6 mlrd.soʻm (6,1%), toʻqimachilik 12675 mlrd.soʻm (5,2%), metallurgiya 8399,9 milliard so‘m (3,4%) kabi tarmoqlarga yoʻnaltirildi.
O‘zbekiston Respublikasining tovar aylanmasi 454,68 trln. so‘mni (42,1 mlrd. AQSH dollari) tashkil etib, 16 foiz yoki 2020 yilga nisbatan 62,6 trln. so‘mga (5,8 mlrd. AQSH dollariga) ko‘p bo‘ldi.
Eksport hajmi 16,61 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 10 foizga ko‘pdir.
Jumladan, yo’nalishlar boʻyicha eksport:
Respublika eksporti hajmida sanoat mahsulotlari eksporti 26,1 foiz (4334,9 million AQSH dollari), xizmatlar eksporti 2547,4 million AQSh dollari (15,3 foiz) va oziq-ovqat mahsulotlari (8,3 foiz) million AQSH dollarini tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:
2927,2 milliard AQSH dollariga toʻqimachilik mahsulotlari (kalava, gazlama, tayyor kiyim-kechak), 1610,3 milliard AQSH dollariga rangli metallar, 962,3 milliard AQSH dollariga sabzavot va mevalar, 717,3 milliard AQSH dollariga tabiiy gaz eksporti, shuningdek. 4109,8 mlrd AQSH dollariga oltin eksporti to’g’ri keldi.
Mamlakatlar bo’yicha:
Rossiya Federatsiyasi 2058,9 million dollar, Xitoy Xalq Respublikasi 2518,8 million dollar, Qozog‘iston 1172,1 million dollar, Turkiya 1690,1 million dollar, Qirg‘iziston 791,1 million dollar, Afg‘oniston 649,4 million dollar.
Import hajmi 25,46 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir.
Jumladan, yo’nalishlar boʻyicha import:
Import hajmida 8252,7 million AQSH dollari (32,4 foiz) mashina va uskunalar importi, 4720,2 million AQSh dollari (18,5 foiz) sanoat tovarlari importi, shuningdek, 1736,8 million dollarlik (6,8%) xizmatlar importi tashkil etdi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:
2089,4 million dollarga temir va po‘lat, 3387,8 million dollar mashina, asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari, 1155,9 million dollar neft mahsulotlari, 1551,6 million dollarga avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari importi, shuningdek, don ekinlari va ulardan tayyorlangan mahsulotlar importi 1551,6 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Mamlakatlar bo’yicha:
Rossiya Federatsiyasi 5458,1 million AQSh dollari, Xitoy Xalq Respublikasi 4922,1 million AQSh dollari, Qozog‘iston 2738,4 million AQSh dollari, Turkiya 1690,1 million AQSh dollari, Koreya 1837,7 million AQSh dollari, Germaniya 649,4 million AQSh dollari, Turkmaniston 960,6 million dollar.
2022-yil 1-yanvar holatiga tashqi savdo balansining passiv saldosi 8 850,4 million AQSh dollarini tashkil etdi.