14 Apr, 2025

Barqaror rivojlanish sohasida sanoat hamkorligi bo‘yicha Xitoy-ShHT konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiya ishtirok etmoqda

Joriy yilning 9-11 aprel kunlari Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Barqaror rivojlanish sohasida sanoat hamkorligi bo‘yicha Xitoy-ShHT konferensiyasida O‘zbekistondan sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Forum doirasida delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari Lin Chji, Xitoy-Yevropa iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi rahbari Ley Ventao va CITIC rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekistondagi kanallarni betonlashtirish loyihalari bo‘yicha Eksimbankning imtiyozli kreditlarini ajratish, yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish doirasida Xitoy bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, bank-moliya sektoridagi sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, savdo va transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.