Xodjayev Oybek Erkinovich

Asoschi, Bosh Direktor

Qisqacha biografiyasi

1969 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti: Oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini. AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda qo’shimcha malaka oshirish va amaliyotlar o’tagan.

Mehnat faoliyati:

1990-2001 – “O‘zagrosanoatbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyinchalik “Paxtabank” va “Agrobank” deb nomlangan) turli lavozimlarda, jumladan, Amaliyot boshqarmasi, Iqtisodiy tahlil, Kreditlash bo‘limlari, Valyuta operatsiyalari va tashqi iqtisodiy faoliyat, Qimmatli qog‘ozlar va Investitsiyalar, Loyihalarni moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i, G‘aznachilik direktori va Bank Boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2001-2002 – “AT&M” O‘zbekiston Respublikasi fond bozori ishtirokchilarini axborot-tahlili Markazi Boshqaruvi Raisi.

2002-2019 – xususiy konsalting kompaniyasi asoschisi va rahbari hamda MDH mamlakatlarida turli investitsiya loyihalari rahbari.

2019-2022 – Samarqand viloyati Hokimining o‘rinbosari – Samarqand viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Boshlig‘i.

2022 – hozirgi kunda – “INVEXI” MChJ xususiy investitsiya konsalting kompaniyasi Asoschisi va Bosh Direktori.

2024-yildan beri — tizimli transformatsiya nuqtayi nazaridan sun’iy intellekt boshqaruvi bo‘yicha faol tadqiqotlar va nashrlar (okhodjaev.com).


 

Asosiy Kompetensiyalar:

Sun’iy intellekt boshqaruvi va institutsional xatarlarni baholash | Tizimli transformatsiya tahlili | Strategik konsalting | To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar | Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) | Birlashish va qo‘shib olish (M&A) | Xususiy kapitalni boshqarish (PE) | Davlat organlari bilan aloqalar (GR) | Biznes strategiyasi va rivojlantirish | Investitsiyalar | Inqirozga qarshi boshqaruv, transformatsiya va restrukturizatsiya | Moliya, loyiha va risklarni boshqarish | Investitsiyalar va kapitalni boshqarish | Korporativ boshqaruv | Savdoni moliyalashtirish | Bank ishi | Moliyaviy texnologiyalar (FinTech) | Marketing | Likvidlikni boshqarish | Venchur investitsiyalar (VC) | Xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha konsalting | Biznes uchun raqamli yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish | TIA (Texnik-iqtisodiy asos) va biznesni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish | Davlat va tarmoqlararo boshqaruv


 

Sun’iy intellekt boshqaruvi va tizimli transformatsiya tahlili

Oybek Xodjayev institutsional transformatsiya sohasidagi 35 yildan ortiq tajribasini sun’iy intellektni (SI) boshqarish muammolarini tahlil qilishga tatbiq etadi. SSSRning parchalanishi (1991), 2008-yilgi moliyaviy inqiroz va Samarqand viloyatida COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash choralarini ko‘rishdagi bevosita ishtiroki va tajribasiga tayanib, u SI boshqaruv tizimlari institutsional inqirozning tarixiy andozalarini qanday takrorlayotganini tadqiq qiladi.

Sun’iy intellekt boshqaruvi va institutsional xatarlar bo‘yicha nashr etilgan ishlar: → okhodjaev.com

LinkedIn | X.com | Substack

 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.