Joriy yilning 2-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va YTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay o‘rtasida “O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi”ni tashkil etish bo‘yicha kredit shartnomasi hamda “O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi” faoliyatini yuritish to‘g‘risida Hamkorlik bitimi imzolandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi