2024-yil may oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlarining jamlanma indeksi 102,8 foizni tashkil etdi. O‘sish sur’atlarining tezlashishi aholi uchun elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi fonida sodir bo‘ldi.
2024 yilning yanvar – may oylarida iste’mol narxlarining indeksi 105,5% ni tashkil etdi.
Yillik ko’rsatkichda (2023 yil may oyiga nisbatan) konsolidatsiyalangan iste’mol narxlarining indeksi 110,6% ni tashkil etdi.
2024 yilning may oyida tovarlar bo‘yicha oylik iste’mol narxlarining indeksi 99,0%ni, 2023-yilning dekabriga nisbatan 101,1% ni tashkil etdi. Yillik nisbatda tovarlar bo‘yicha iste’mol narxlarining indeksi 105,6% darajasida shakllandi.
Xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli iste’mol narxlarining indeksi 2024-yilning mayida 115,2% ni tashkil etdi. 2023-yilning dekabriga nisbatan ko‘rsatkich 120,0% ga, 2023-yilning mayiga nisbatan 127,0% ga yetdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi