O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil noyabr oyida O‘zbekistondagi umumiy iste’mol narxlari indeksi (INI) 100,9%ni tashkil etdi. 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida iste’mol narxlari indeksi 108,7%ni tashkil etdi. Yillik hisobda (2023 yil noyabr oyiga nisbatan) umumiy iste’mol narxlari indeksi 110,0% darajasida qayd etildi.
2024 yil noyabr oyida tovarlar bo‘yicha oylik iste’mol narxlari indeksi 101,0%, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan esa 103,5%ni tashkil etdi. Yillik hisobda ushbu ko‘rsatkich 104,5% darajasida shakllanib, 2023-yilning noyabridagi mos ko‘rsatkichdan 4,2 foiz bandga past bo‘ldi.
2024 yil noyabr oyida xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli iste’mol narxlari indeksi 100,8%ni tashkil etib, o‘tgan yilning noyabridagidan 0,7 foiz bandga yuqori bo‘ldi.