14 Noy, 2024

2024-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasinig iqtisodiy holati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati qo’yidagicha ifodalandi:

  • Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,9 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga oshdi;
  • Iste’mol narxlari indeksi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan): 107,7 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga oshdi;
  • Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 109,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foizga oshdi;
  • Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 109,4 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga oshdi;
  • Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 113,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga o’sdi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.