08 Avg, 2024

O’zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni (sohalar kesimida)

O’zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-iyul holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 13.880 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4.221 tasi qoʻshma va 9.659 tasi xorijiy korxonalardir.

Sohalar kesimida esa ular quyidagicha:

  • savdo sohasida – 4.833 ta (34,8%);
  • sanoat sohasida – 3.091 ta (22,3%);
  • qurilish sohasida – 985 ta (7,1%);
  • axborot va aloqa sohasida – 954 ta (6,9%);
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 548 ta (3,9%);
  • tashish va saqlash sohasida – 474 ta (3,4%);
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 385 ta (2,8%);
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 184 ta (1,3%);
  • boshqa sohalarda – 2.426 ta (17,5%).

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.