2023-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 659 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 1,8 barobarga oshgan.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning so’nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
- 2019-yilda – 9 642 ta
- 2020-yilda – 11 726 ta
- 2021-yilda – 13 465 ta
- 2022-yilda – 14 993 ta
- 2023-yilda – 17 659 ta
Shu bilan birgalikda 2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 771 tani tashkil etdi. Shundan qo‘shma korxonalar 4 849 ta (38%) va xorijiy korxonalar 7 922 ta (62%).
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning sohalar bo‘yicha soni quyidagicha:
- savdo sohasida – 4 190 ta
- sanoat sohasida – 3 172 ta
- qurilish sohasida – 885 ta
- axborot va aloqa sohasida – 771 ta
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 479 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 467 ta
- tashish va saqlash sohasida – 430 ta
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 178 ta
- boshqa sohalarda – 2 199 ta.