O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 34,9 mlrd AQSh dollaridan oshdi.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 23,3%ga oshgan.
Jami tashqi savdo aylanmasidan:
Eksport – 14,9 mlrd AQSh dollarni tashkil etib, shundan
- mahsulotlar – 12,0 mlrd AQSh dollari
- xizmatlar – 2,9 mlrd AQSh dollari
Import – 20,0 mlrd AQSh dollarni tashkil etib, shundan
- mahsulotlar – 18,8 mlrd AQSh dollari
- xizmatlar – 1,2 mlrd AQSh dollariga teng.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo balansi -5,1 mlrd AQSh dollari qiymatida manfiy qayd etilgan.