O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2023-yil yanvar-noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 57,3 mlrd. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 11,9 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2%ga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 23.204,3 mln. AQSh dollariga (2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 30,6%ga ko‘paydi) tashqi savdo aylanmasida ulushi 40,5% va import hajmi 34.105,8 mln. AQSh dollariga (23,3%ga ko‘paydi) tashqi savdo aylanmasida ulushi 59,5% yetdi. Hisobot davrida -10.901,5 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 199 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,3%), Rossiyada (15,5%), Qozogʻistonda (7,0%), Turkiyada (5,0%) va Koreya Respublikasida (3,7%) qayd etilgan.