O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2023-yil Yanvar-Oktabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 51,0 mlrd. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning Yanvar-Oktabr oylariga nisbatan 10,3 mlrd. AQSh dollariga yoki 25,2%ga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 20.470,2 mln. AQSh dollariga (2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 29,1%ga ko‘paydi) va import hajmi 30.503,6 mln. AQSh dollariga (22,7%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -10.033,3 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,2%), Rossiyada (15,6%), Qozogʻistonda (7,0%), Turkiyada (5,1%) va Koreya Respublikasida (3,7%) qayd etilgan.