O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra 2023-yil yanvar-sentabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 44,8 mlrd. AQSh dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 8,1 mlrd. AQSh dollariga yoki 22,1%ga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 17.739,4 mln. AQSh dollariga (2022- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 22,1%ga ko‘paydi) va import hajmi 27.014,8 mln. AQSh dollariga (21,2%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -9.275,4 mln. AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 193 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,1%), Rossiyada (15,7%), Qozogʻistonda (7,2%), Turkiyada (5,3%) va Koreya Respublikasida (3,8%) qayd etilgan.