O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining YAIMi hajmi joriy narxlarda 627.476,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taq-qoslaganda 5,8 % ga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 345.871,4 mlrd. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 233.097,4 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 48.508,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining o‘rtacha soni 2018- yilning yanvar-sentabrida 32.871,2 ming kishi, 2019- yilning yanvar-sentabrida 33.490,2 ming kishi, 2020- yilning yanvar-sentabrida 34.144,2 ming kishi, 2021- yilning yanvar-sentabrida 34.819,1 ming kishi va 2022- yilning yanvar-sentabrida 35.546,2 ming kishini tashkil etgan.
2018-2022- yillarning yanvar- sentabr oylarida aholi jon boshiga YAIMning o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan % hisobida)
Quyida keltirilgan diagram-madan ko‘rinib turganidek, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga YAIM hajminig real o‘sishi 3,6 % ni tashkil etdi. 2020- yilning yanvar-sentabridagi 1,4 % kama-yishga nisbatan 2021- yilning yanvar-sentabrida 5,3 % ga yetdi.
2022- yilning yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 3,6 % (2021- yilning yanvar-sentabr oylarida – 4,0 %, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,6 %, 2019- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,2 %, 2018- yilning yanvar-sentabr oylarida – 0,8 %) darajasida ijobiy o‘sish qayd etildi.
Ushbu ijobiy o‘sish sur’atlari chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 4,1 % (2021- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,6 %, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,2 %, 2019- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,6 %, 2018- yilning yanvar-sentabr oylarida – 5,6 %)ga hamda dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,0 % (2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 5,7 % ga o‘sish, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida 3,1 % ga o‘sish, 2019- yilning yanvar-sentabr oylarida – 2,3 % ga o‘sish, 2018- yilning yanvar-sentabr oylarida – 3,3 % ga kamayish)ga o‘sishi bilan bog‘liq.
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,3 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,4 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ining 14,7 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqos-laganda qurilish ishlari hajmi 6,3 % ga o‘sdi. Jumladan, o‘sish sur’atlari bino va inshootlar quri-lishida 103,7 % ni tashkil etdi. Shuningdek, fuqarolik obyektlari qurilishida 106,6 % va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarida 126,2 % ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlari hajmi 94 117,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlarining umu-miy hajmida yirik qurilish tash-kilotlarining ulushi 26,2 %, kichik korxonalar va mikrofir-malarning ulushi 54,6 %, jismoniy shaxslarning ulushi 19,2 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 66,0 % ni tashkil etdi. Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 27,5 % ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,5 % ni tashkil qildi.
2022- yilning yanvar-sentabrida YAIM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nis-batan 113,9 % ni tashkil etdi. Tarmoqlar kesimida deflyator indeksining yuqori ko‘rsatkichlari sanoatda – 114,8 %, qurilishda – 114,8 % hamda boshqa xizmat tarmoqlarida 118,8 % qayd etildi.
Respublikaning o‘rtacha darajasi (113,9 %)dan past bo‘lgan deflyator indeksi savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 112,8 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 108,5 %, tashish va saqlash, axborot va aloqada – 103,9 % qayd etildi.
Shu bilan birga, mahsulotlarga sof soliqlarning deflyator indeksi 123,2 % ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning yanvar-sentabrida O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi (INI) 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 111,2 % ni tashkil etdi. Tovarlar bo‘yicha INI 112,5 % ni, xizmatlar bo‘yicha esa 106,7 % ni tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda 2021- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,9 % ga, nooziq-ovqat tovarlar narxi esa 9,7 % ga o‘sdi.