Islom taraqqiyot banki (ITB) Surxondaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun 100 million yevro ajratdi. Bu haqda Gulf Business nashri xabar berdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha mamlakatimizning energiya isteʼmoliga boʻlgan talabini qondirish hamda eskirgan va samarasiz gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarini almashtirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, ITB Oʻzbekistondagi transport loyihalarini davlat tomonidan moliyalashtirish doirasida 106,7 million dollar ajratishni maʼqulladi.
Mamlakatda ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan, bu fermerlar va savdogarlar uchun bozorlarga kirishni osonlashtiradi, shuningdek, mintaqaviy integratsiya va turizmni faollashtiradi.