Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida jami 10,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 mln nafarga yoki 47,4 % ga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
- Qirg‘iz Respublikasi – 3 mln nafar;
- Qozog‘iston – 2,5 mln nafar;
- Tojikiston – 2,5 mln nafar;
- Rossiya – 923,8 ming nafar;
- Afg‘oniston – 429,4 ming nafar;
- Turkmaniston – 341,4 ming nafar;
- Xitoy – 250,5 ming nafar;
- Turkiya – 161,9 ming nafar;
- Hindiston – 73,4 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 44,1 ming nafar.