O‘zbekiston Respublikasi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Hisobotiga ko‘ra 2024-yilning 1-yanvar holatga Markaziy depozitariyda 625 aksiyadorlik jamiyatining 189.709,12 mlrd. so‘m umumiy nominal qiymatga ega 17.947,40 mlrd. dona qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari hisobi yuritilmoqda.
2023 yil davomida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari hajmi 22.946,63 mlrd. so‘mga, aksiyalarning soni esa 1.501,39 mlrd. donaga ko‘paydi.
Markaziy depozitariyda shuningdek, 33 emitent tomonidan chiqarilgan 1.063,4 mlrd. so‘m umumiy miqdorga ega 897,2 ming dona korporativ obligatsiyalar hisobi yuritilmoqda. Ularning 669,19 mlrd. so‘m umumiy miqdorga ega 543,1 ming donasi 26 MChJ tomonidan chiqarilgan.
01.01.2024 yildagi holatga ko‘ra, 239 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 158.216,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi (shu jumladan, Markaziy depozitariyda 219 aksiyadorlik jamiyatining 158.172,8 mlrd.so‘m miqdordagi aksiya ko‘rinishida davlat ulushi hisobi yuritilmoqda). 2023 yil davomida ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 16 taga, mavjud davlat ulushi hajmi esa 23.641,1 mlrd.so‘mga ortdi.
Xo‘jalik boshqaruvi organlarining 135 AJ ustav fondidagi ulushlari hajmi 3.848,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi. 2023 yil davomida xo‘jalik boshqaruvi organlari aktivlarining hajmi 3.762,0 mlrd. so‘mga, AJlar soni esa 27 taga kamaydi.
Hisobot davrida Markaziy depozitariyda jami 125 ta, shu jumladan 22 – birlamchi, 88 – qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari, 3 ta qo‘shib olish bo‘yicha qo‘shimcha aksiya chiqarilishlari, shuningdek 12 ta korporativ obligatsiya chiqarilishi hisobga olindi.
Tugatilganligi munosabati bilan 24 emitentning qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlari, 20 emitent qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining qismi, shuningdek 7 emitentning obligatsiya chiqarilishlari Markaziy depozitariy hisobidan chiqarildi.
Markaziy depozitariy investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritish bo‘yicha mutlaq funksiyalarini bajargan holda, 2 ta XIF va 7 ta investitsiya fondlariga xizmat ko‘rsatadi.
Hisobot sanasiga investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi 2,32 mlrd.so‘mni, investitsiya fondlari tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hajmi esa 8,47 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Investitsiya fondlari aksiyadorlari soni 50 439 tani, shu jumladan 50 402 ta jismoniy va 37 tasi yuridik shaxslarni tashkil qildi.
01.01.2024 yil holatiga ko‘ra, investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini ochgan mijozlari soni 704,88 mingni, shu jumladan 57,98 ming yuridik va 646,90 ming jismoniy shaxslarni tashkil etdi.
O‘tgan yilning ayni shu davriga qiyoslaganda, depo hisobvaraqlari soni 0,04 foizga kamaygan.
Investitsiya vositachilari tomonidan hisobi yuritiladigan qimmatli qog‘ozlarning umumiy hajmi nominal qiymati bo‘yicha 17.308,39 mlrd. so‘m miqdordagi 7.179,12 mlrd. dona qimmatli qog‘ozni tashkil etdi.
O‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan investitsiya vositachilari tomonidan hisobi yuritiladigan qimmatli qog‘ozlar hajmi 38,46 foizga ortdi.