O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024 yildagi 92-son «O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan $7,2 mlrd. xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Ushbu Qarorga asosan, qo‘yidagi tarmoqlar kesimida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan:
- Energetika vazirligi – $1685 mln.
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ – $331 mln.
- «O‘zbekneftgaz» AJ – $254,1 mln.
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ – $220 mln.
- «O‘zkimyosanoat» AJ – $195,7 mln.
- Raqamli texnologiyalar vazirligi – $131,1 mln.
- «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ – $120,1 mln.
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi – $120 mln.
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi – $100,5 mln.
- «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi – $100 mln.
- Boshqa tarmoqlar – $808,7 mln.
Hududlar kesimida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari qo‘yidagicha belgilangan:
- Toshkent shahar – $428,3 mln.
- Namangan viloyati – $329,4 mln.
- Farg‘ona viloyati – $327,0 mln.
- Toshkent viloyati – $307,7 mln.
- Andijon viloyati – $253,8 mln.
- Samarqand viloyati – $241,8 mln.
- Jizzax viloyati – $221,3 mln.
- Buxoro viloyati – $211,0 mln.
- Sirdaryo viloyati – $160,4 mln.
- Surxondaryo viloyati – $156,7 mln.
- Qashqadaryo viloyati – $149,6 mln.
- Navoiy viloyati – $136,5 mln.
- Xorazm viloyati – $117,3 mln.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – $49,8 mln.
Manba: Lex.uz