O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oktabr oyida iste’mol bozoridagi narxlarning o‘rtacha darajasi 1,2%ga oshdi.
2022-yilning yanvar – oktabrida iste’mol bozorida narxlarning o‘sish sur’ati 9,4%ga yetdi, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati esa 0,9%ni tashkil etdi.
Yillik nisbatda (2021 – yilning oktabr oyiga nisbatan) iste’mol sektorida narxlarning o‘sish sur’ati 12,2%ni tashkil etdi.
2022 – yilning oktabr oyida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik xizmatlarga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5%ga oshdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ushbu davrda 1,4%ga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari esa oy davomida 0,9%ga oshdi.
Joriy yiilning oktabrida oziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan yilning oxiriga nisbatan (11,5%) narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi va ular narxlarining 2022-yil yanvar-oktabrdagi o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 1,1%ni tashkil etdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari ushbu davrda 8,9%ga oshdi, o‘rtach aoylik o‘sish sur’ati 0,9%ni tashkil etdi.
Xizmatlar narxlarining o‘sish sur’ati 2022-yilning yanvar – oktabrida 6,4%ga yetdi va o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,6%ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining yilik nisbatdagi narxlarining o‘sish sur’ati 2022-yilning oktabr oyida 15,9%ga yetib, ushbu guruhning mutlaq yetakchiligini ta’minladi.
Nooziq-ovqat mahsulotlar va pullik xizmatlar ushbu davrda mos ravishda 10,7% va 7,5%ga qimmatlashgan.
Joriy yilning oktabr oyida oylik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilik xizmatlarga tegishli bo‘lgan bo‘lsada, salmoq vaznlarining hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi oylik davri ylikdagi hal qiluvchi inflyatsion omil bo‘ldi. Ular narxlarining bir oyda umumiy 1,4%ga oshishi hisobiga, yig‘ma ko‘rsatkich +0,58 f.d.ga yetib, kuzatiladigan tovarlar va xizmatlar jami ta’sirining 46,8%ini tashkil etdi.
Oy davomida 1,5%ga qimmatlshgan xizmatlar hissasiga umumiy ta’sirning 27,4%i to‘g‘ri keldi. Ushbu guruhda narxlarning oshishi hisobiga oylik yig‘ma INI 0,34 f.d.ga yuqoriladi.
Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari oshishining ta’siri uchta asosiy guruhlar orasida eng past bo‘lib, 0,32 f.d. (25,8%)ga yetdi.
Oktabr oyida o‘tgan yilning dekabriga nisbatan yig‘ma INI o‘sish sur’atiga eng yuqori ta’sir oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lib, ular narxlarining o‘rtacha 11,5%ga oshishi hisobiga yig‘ma INI 4,86 f.d. o‘sdi.
Oktabr oyida o‘tgan yilning oktabriga nisbatan yig‘maI NI o‘sish sur’atiga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi eng yuqori ta’sir ko‘rsatdi. Ularning narxlari o‘rtacha 15,9%ga oshishi hisobiga yig‘ma INI 6,72 f.d. o‘sdi.