O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Zaxiralari $36.634,3 millionni tashkil etdi (oldingi oyga nisbatan $1.526,0 million yoki 104,3 foizga o‘sish).
Shu jumladan:
- Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda): $9.231,590 million (xalqaro zaxiralar umumiy qiymatining 25,3 foizi). Oldingi oyga nisbatan $1.244,870 million yoki 115,5 foizga o‘sdi.
- Oltin (sof hajmi: 11,440 million troy unsiya): $26.812,360 million (xalqaro zaxiralar umumiy qiymatining 73,2 foizi). Bu qiymat jihatidan oldingi oyga nisbatan $217,720 million yoki 101,1 foizga oshganini, lekin fizik hajmi jihatidan 0,02 million troy unsiya yoki -0,17 foizga kamayganini ko’rsatmoqda.
- Qimmatli qog‘ozlar: $34,990 million.
- Boshqa aktivlar: $520,370 million (1,4%).