Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 443,6 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga, soʻnggi 5 yilda 2,8 barobarga koʻpaygan.
Mazkur davrda oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar miqdori 34,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning sohalar kesimidagi ulushi quyidagicha:
- Ishlab chiqarish sanoati – 32,9 %;
- Elektr, gaz bilan taʼminlash – 18,4 %;
- Togʻ-kon sanoati – 12,2 %;
- Qishloq xoʻjaligi – 9,1 %;
- Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya – 1,8 %;
- Qurilish – 6,1 %;
- Tashish va saqlash – 5,3 %;
- Axborot va aloqa – 0,9 %;
- Sogʻliqni saqlash – 1,7 %;
- Boshqa faoliyat turlari – 11,6 %.