25 Yan, 2023

O ‘zbekiston Respublikasi bo’ yicha 2022-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar qariyb 270 trln. so’mga etdi

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilda 269,9 trln. so’m o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tashkil etdi (2021-yilga nisbatan o’sish 100,9%).

Ulardan:

  • 59,1 % yoki 159,6 trln. so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa,
  • korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 40,9 % yoki 110,3 trln. so‘m moliyalashtirildi.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 41,5 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 228,4 trln.so‘m investitsiyalar o‘zlashtirildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 84,5 trln. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 31,3 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,5 % i yoki 25,8 trln. so‘mi o‘zlashtirildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 37,0 trln. so‘mni tashkil etdi va jami investitsiyalardagi ulushi 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,2 % punktga ko‘payib, 13,7 % ni tashkil etdi.

Shuningdek,

  • tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 21,1 trln. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,8 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2% punktga kamaydi),
  • O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 15,2 trln. so‘m (5,6 % va 2,0 % punktiga kamaydi),
  • kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 60,0 trln. so‘m (22,3 %),
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2,5 trln. so‘m (0,9 % va 0,3 % punktga kamaydi),
  • Respublika budjeti 20,9 trln. so‘m (7,8 % va 1,4 % punktga kamaygan),
  • Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2,9 trln. so‘m (1,1 % va 0,1 % punktga kamaydi) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida:

  • mashina, uskuna va inventarlarga 120,2 trln. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 44,5 % ini tashkil etdi,
  • qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 131,0 trln. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 48,6 %) va
  • boshqa xarajatlarga 18,7 trln. so‘m (6,9 %) o‘zlashtirildi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.