JPMorgan Chase, Citi, Societe Generale i Credit Suisse`dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga investitsiya dasturini amalga oshirish uchun 1,2 mlrd dollar kredit ajratdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) investitsiya dasturini amalga oshirish uchun xalqaro banklar konsorsiumidan 1,2 mlrd. dollarlik kredit jalb qildi, deya xabar berdi kombinat matbuot xizmati.
Kombinatga besh yil muddatga kafolatsiz uzoq muddatli sindikatlangan kredit berildi. Banklar konsorsiumi tarkibiga JP Morgan&Chase, Citi, Societe Generale, Credit Suisse, ICBC Standard va Deutsche Bank kirdi.
O‘tgan yilning sentabr oyida Rossiyaning VTB moliyaviy guruhi NKMKni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun jami 1 mlrd dollarlik kredit liniyasi ochishini e’lon qildi, shundan so‘ng tomonlar tegishli kelishuvni imzoladi.
“NKMK” AJ bitimda ishtirok etayotgan barcha hamkorlar – xalqaro banklarga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu “NKMK” AJ uchun xalqaro moliya bozorlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi qadam bo‘lib, kompaniyani kelajakda yevrobond joylashtirish va IPO ga tayyorlaydi.
2019-yilda boshlangan “NKMK” AJning transformatsiyasi kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasi oltin qazib olish sanoatidagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. “NKMK” AJni transformatsiya qilish va oltin ishlab chiqarish bo‘yicha global yetakchiga aylantirishning yana bir bosqichi sifatida biz bu boradagi barcha jarayonlarni Jahon oltin kengashi (World Gold Council) va Sianidni boshqarish bo‘yicha xalqaro Kodeks (International Cyanide Management Code) tomonidan ishlab chiqilgan masʼuliyatli oltin qazib olish (Responsible Gold Mining Principles) tamoyillari bilan birlashtirishga qaratilgan maqsadimizni eʼlon qilamiz deb xabar beradi korxona matbuot xizmati.