Ikkinchi “Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2023” yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolandi.
Unda dunyoning 70 davlatidan 2,5 mingdan ortiq mehmonlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili birinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2022 yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 7,8 milliard AQSH dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolanib, dunyoning 50 davlatidan 1,5 ming mehmon ishtirok etgan edi.