O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning birinchi choragida 14,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,6 mlrd. AQSH dollariga yoki 11,9 % ga oshgan.
3 oyda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 5,7 mlrd. AQSH dollari (umumiy tashqi savdo aylanmasining 38,5 foizi) va import 9,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan (umumiy tashqi savdo aylanmasining 61,5 foizi). Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -3,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida jahonning 167 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.