05 Dek, 2022

S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytinglarini tasdiqladi

S&P Global Ratings Agentligi O‘zbekistonning xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli va qisqa muddatli suveren kredit reytinglarini BB-/B darajasida «Barqaror» prognoz bilan tasdiqladi. Hisobot tashkilot veb-saytida chop etilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti Rossiya-Ukraina urushi oqibatlariga ekspertlar ilgari taxmin qilganidan ko‘ra yaxshiroq bardosh berdi. Bu joriy yilda Rossiyadan pul o’tkazmalarining kuchli o’sishi bilan bog’liq. S&P tahlilchilarining fikricha, bu o’sish qisman Rossiyadan inson kapitalining chiqib ketishini aks ettiradi, chunki ba’zi rossiyaliklar jamg’armalarining bir qismini O’zbekistonga ko’chirishga qaror qilishgan.

“Rossiyadan noodatiy darajada yuqori pul o‘tkazmalari davom etishi dargumon. Davom etayotgan urushning salbiy mintaqaviy ta’siri bilan birgalikda, zaif global iqtisodiy o’sish va monetar keskinlashuv 2023 yildan boshlab rivojlanayotgan bozorlar, jumladan, O’zbekistonning o’sishi va moliyalashtirish sharoitlariga qo’shimcha xavf tug’dirishi mumkin», – deyiladi hisobotda.

O‘zbekiston reytingining barqaror prognozi ekspertlarning O‘zbekistonning kuchli fiskal va tashqi zaxiralari iqtisodiyotga yil davomida Rossiya-Ukraina mojarosining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlariga va zaif global o‘sishga qarshi turishga yordam berishi haqidagi taxminlarini aks ettiradi.

Agar O‘zbekistonning fiskal va tashqi holati kutilganidan ham yomonroq bo‘lsa, Agentlik reytingni pasaytirishi mumkin. Bunday natija, masalan, savdo va pul o‘tkazmalari kanali orqali Rossiya Federatsiyasi va Ukrainaning harbiy harakatlari O‘zbekiston uchun jiddiyroq oqibatlarga olib kelgan taqdirda mumkin. Reytingni qayta ko’rib chiqish, shuningdek, davlat va moliya sektorlarining tashqi qarzlari tez o’sib borayotgan taqdirda ham mumkin.

Agar asosiy davlat korxonalarining moliyaviy ko‘rsatkichlari zaiflashib, majburiyatlarning davlat zimmasiga o‘tishiga olib keladigan bo‘lsa, O‘zbekiston reytinglari ham bosim ostida qolishi mumkin.

S&P O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilgi 7,4 foizga nisbatan joriy yilda 5,8 foizga o‘sishini progno qilmoqda. Tahlilchilarning taxminicha, O‘zbekistonda iqtisodiy va boshqaruv islohotlari, jumladan, bir qancha davlat korxonalarini qisman xususiylashtirish rejalari ham davom etadi. Ammo respublikada qarorlar qabul qilish jarayoni markazlashganligicha qoladi va korruptsiyani idrok etish yuqori (yaxshilanish tendentsiyasi bo’lsa ham) bo’ladi.

Avvalroq Fitch Ratings O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli reytingini “BB-” darajasida, “Barqaror” prognozi bilan tasdiqlagan edi.

 

Manba: Курсив

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.