20 Yan, 2025

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-dekabr oylari uchun ijtimoiy-iqtisodiy holati

  • 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 37.543,2 ming kishini tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan 743,4 ming kishiga yoki 2,0%ga o‘sdi.
  • Iste’mol narxlari indeksi 109,8%ni tashkil etdi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, %).
  • Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining o‘sish sur’ati 106,5%ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2%ga yuqoridir.
  • Sanoat ishlab chiqarish hajmi jismoniy hajm indeksi 106,8%ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5%ga yuqoridir.
  • Transport sohasidagi o‘sish sur’ati – yo‘lovchi aylanishida 106%, yuk aylanishida esa 103,1%.
  • Chakana savdo aylanmasi o‘sish sur’ati: 109,9%.
  • Qurilish ishlari hajmi o‘sish sur’ati: 108,8%.
  • Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘sish sur’ati: 112,9%.
  • Tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati jami 103,8%ni, shu jumladan import – 100,8%ni, eksport esa – 108,4%ni tashkil etdi.
  • Aholi umumiy daromadlari real o‘sish sur’ati: 108,1%ni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1%ga o‘sdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.