13 May, 2024

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga $3,5 milliard ajratadi

4-5-may kunlari Tbilisi shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 57-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Kelajak sari ko‘prik” umumiy shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tadbir doirasida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSH dollarlik 2025-2027 yillarga moʻljallangan dasturni amalga oshirish boʻyicha Memorandum imzolandi.

Dasturda har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan va “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgan.

Oʻzbekiston 1995-yilda Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi.

1998-yilda Osiyo taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ochildi.

Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston suveren portfeliga taqdim etgan mablagʻlarning umumiy hajmi 12 milliard dollarga yetdi.

2023 yili Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga  4 ta suveren loyiha va 2 ta dasturga 6 ta kredit va 1 ta grant ajratdi.

 

Manba: OʻzR ISSV

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.