Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga moʼljallangan asosiy yoʼnalishlari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlandi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida 2023 yil va 2024-2025 yillar davrida makroiqtisodiy rivojlanish stsenariylaridan kelib chiqib pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar oʼzgarishlariga Markaziy bankning munosabati va javob choralari, pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar va takomillashtirish istiqbollari aks ettirilgan.
Shuningdek, kelgusida pul-kredit siyosatini takomillashtirish yoʼnalishlari, xususan, operatsion mexanizmini rivojlantirish, pul-kredit siyosati kommunikatsiyasini takomillashtirish, transmission mexanizmi samaradorligini oshirish va tahliliy-prognozlashtirish salohiyatini rivojlantirish yoʼnalishlariga ham alohida toʼxtalib oʼtilgan.
Ushbu hujatning toʼliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.