01 Mar, 2024

O‘zbekiston Respublikasida iste’mol narxlari indeksi (2024-yil fevral)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2024-yilning fevralida oylik yig‘ma Iste’mol narxlari indeksi (INI) 100,3% ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevralida ushbu ko‘rsatkich 101,0% ga yetdi.

Yillik nisbatda (2023-yilning fevraliga nisbatan) yig‘ma INI 108,4% darajasida qayd etildi.

2024-yilning fevralida tovarlar bo‘yicha oylik INI 100,2% ni, 2023-yilning dekabriga nisbatan 100,8% ni tashkil etdi.

Yillik nisbatda tovarlar bo‘yicha INI 108,1% darajasida shakllandi.

Xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli INI 2024-yilning fevralida 100,7% ni tashkil etdi.

2023-yilning dekabriga nisbatan ko‘rstakich 101,6% ga, 2023-yilning fevraliga nisbatan 109,1% ga yetdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.