02 Fev, 2024

O‘zbekiston Respublikasida Iste’mol Narxlari Indeksi (2024-yil yanvar)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2024-yilning yanvarida O‘zbekiston Respublikasida tovarlar bo‘yicha oylik Iste’mol Narxlari Indeksi (INI) 100,64%ni tashkil etdi.

Yillik nisbatda tovarlar bo‘yicha INI 108,5% darajasida shakllanib, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,7%ni tashkil etdi.

Xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli INI 2024-yilning yanvarida 100,9%ni tashkil etdi 2023-yilning yanvariga nisbatan ko‘rsatkich 108,9%ga yetib, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,7%ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvarida oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha yillik INI 109,30% darajasida, nooziq-ovqat mahsulotlar bo‘yicha 107,50%, pullik xizmatlar bo‘yicha 108,9% darajasida qayd etilib, o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati mos ravishda 0,7%, 0,6% va0,7%ni tashkil etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.