2022-yilning yanvar-may oylari yakunlari bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi 335,1 million AQSH dollarini, jismoniy ko‘rsatkichda 615,7 ming tonnani tashkil etdi. 2021-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 15,0 foizni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida eng katta ulushni uzum (shu jumladan quritilgan) – 13,0%, mosh – 11,2%, pomidor – 9,6%, karam – 9,4%, gilos – 6,7%, piyoz – 5,5% , quritilgan o’rik – 3,5% va yeryong’oq – 3,4% egallaydi.
2022-yil yanvar-may oylarida meva-sabzavot mahsulotlarining umumiy eksportdagi ulushi 4,0 foizni tashkil etdi.
Meva va sabzavotlarning asosiy eksport bozorlari Rossiya (29,8%), Qozog‘iston (25,5%), Xitoy (11,9%), Pokiston (5,6%), Qirg‘iziston (4,4%), Afg‘oniston (4,2%), Belarus (2,6%) hisoblanadi.