10 Okt, 2022

Oʻzbekiston Iqtisodiy Forumi 2022

Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari Ipak yoʻlida joylashgan qadimiy shahar Samarqand – dunyoning yetakchi iqtisodchilari, nufuzli investorlari va xalqaro ekspertlarni jamlagan II Oʻzbekiston Iqtisodiy Forumi uchun ajoyib zamin boʻladi.

Kun tartibida: Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, uning maqsadlari, istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalarini ochiq va chuqur muhokama qilish o‘rin olgan. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning roli, o‘zgaruvchan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat hamda yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati kabi mavzularni muhokama qilinadi.

Bu yilgi asosiy mavzu – “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” bo‘lib, barcha tashabbuslarimiz zamirida O‘zbekistonning yosh, intiluvchan aholisining yanada yorug‘ va barqaror kelajagi yotganini anglatadi. Xalq va biznes uchun makroiqtisodiy barqarorlikning ahamiyati, demografik o‘sish, inson kapitali va migratsiyadagi xavflardan imkoniyatlar sari qanday o‘tish masalalarini ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekistonning ertangi kun iqtisodiyotini barpo etish yo‘lida olib borayotgan amaliy qadamlarini, jumladan, moliya bozorini rivojlantirish vositalari va maqsadlari, savdo, aloqa va sanoat siyosati, ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda infratuzilmani rivojlantirish salohiyatini ishga solish masalalarini muhokama qilinadi.

Batafsil: https://economic-forum.uz/uz/

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.