09 Sen, 2024

O‘zbekistonning Xalqaro Zaxiralari $39,1 milliarddan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Zaxiralari $39.153,5 millionni tashkil etdi (oldingi oyga nisbatan $1.751,2 million yoki 104,7 foizga o‘sish).

Shu jumladan:

  • Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda): $8.191,3 million (xalqaro zaxiralar umumiy qiymatining 20,9 foizi). Oldingi oyga nisbatan $503,1 million yoki 106,5 foizga o‘sdi.
  • Oltin (sof hajmi: 12,040 million troy unsiya): $30.397,1 million (xalqaro zaxiralar umumiy qiymatining 77,6 foizi). Bu qiymat jihatidan oldingi oyga nisbatan $1.240,4 million yoki 104,3 foizga oshganini ko’rsatmoqda.
  • Qimmatli qog‘ozlar: $35,5 million.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.