29 Yan, 2026

O‘zbekiston aholisi 38,2 million kishidan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 236 704 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 693,5 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paygan.

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

Hudud nomi Aholi soni (ming kishi) Ulushi (%)
Samarqand viloyati 4 379,8 11,46%
Farg‘ona viloyati 4 223,0 11,05%
Qashqadaryo viloyati 3 717,0 9,73%
Andijon viloyati 3 521,8 9,21%
Namangan viloyati 3 190,8 8,35%
Toshkent shahri 3 178,1 8,32%
Toshkent viloyati 3 160,7 8,27%
Surxondaryo viloyati 3 011,0 7,88%
Buxoro viloyati 2 107,0 5,51%
Xorazm viloyati 2 069,2 5,42%
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2 053,2 5,37%
Jizzax viloyati 1 566,9 4,10%
Navoiy viloyati 1 111,9 2,91%
Sirdaryo viloyati 946,3 2,48%

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.