Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yil 1-iyul holatiga ko’ra respublikada xorijiy kapital ishtirokidagi 14 353 korxona va tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu korxonalar soni o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1 539 taga ko’paydi (112%).
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar:
Rossiya-2 654 (18,5%);
Turkiya-2 032 (14,2%);
Xitoy-2 011 (14,0%);
Qozog’iston – 1 161 (8,1%);
Janubiy Koreya – 905 (6,3%).