Murakkab institutsional muhitda Sun’iy Intellekt (SI) tizimlarini joriy etish, sotib olish va boshqarish bo‘yicha muhim oqibatlarga olib keluvchi qarorlar qabul qilayotgan tashkilotlar uchun.
Muammo
Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi asoslari (frameworks) ko‘paymoqda. Tartibga solish talablari kengaymoqda. Rahbarlar darajasidagi bosim ortmoqda.
Biroq, ko‘plab tashkilotlar — jumladan, moliyaviy institutlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar — Sun’iy Intellekt (SI) tizimlarini amalda nimalarni qabul qilayotganini, qanday xatarlar to‘planayotganini va ularning boshqaruv arxitekturasi operatsion reallikka bardosh bera olishini yetarlicha baholamay turib, ularni jadal joriy etmoqdalar.
E’lon qilingan boshqaruv va haqiqiy ijro etish qobiliyati o‘rtasidagi tafovut nafaqat texnik yoki huquqiy muammo, balki institutsional muammodir. Institutsional bo‘shliqlar esa, odatda, katta zarar keltirmagunga qadar ko‘zga tashlanmay qolaveradi.
Men nimalarni taklif etaman
Xizmatlar
Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi xatarlarini baholash Tashkilotingizning Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi holatini tizimli va qat’iy belgilangan muddatda baholash — e’lon qilingan qoidalar va haqiqiy ijro etish imkoniyatlari o‘rtasidagi bo‘shliqni aniqlash. Bu xizmat boshqaruv mexanizmlari mohiyatan qanchalik salmoqli, operatsion jihatdan ishonchli va institutsional kontekstga mos ekanligi haqida mustaqil xulosa olmoqchi bo‘lgan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan.
-
Format: 2–4 haftalik loyiha
-
Natija: Rahbariyat uchun yozma diagnostik hisobot + brifing sessiyasi
Strategik maslahat hamkorligi (Retainer)
Tartibga solish talablari o‘zgarishi, ichki Sun’iy Intellekt (SI) foydalanuvi kengayishi va muhim institutsional qarorlar qabul qilishda «hujjatlarga muvofiqlik» (compliance) tilidan yuqoriroq, mustaqil fikr talab etiladigan holatlarda yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun doimiy maslahat ko‘magi.
-
Format: Oylik to‘lov (retainer), kamida 3 oylik hamkorlik
-
Natija: Muntazam yozma baholashlar + qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi maslahatlar
Siyosiy hisobotlar va buyurtma asosidagi tadqiqotlar
Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi bo‘yicha standart G‘arb siyosiy qoliplaridan tashqariga chiquvchi, institutsional nuqtai nazarga muhtoj bo‘lgan «aqliy markazlar» (think tanks), xalqaro tashkilotlar va davlat organlari uchun tahliliy ishlar.
-
Format: Loyiha asosida
-
Natija: Nashrga tayyor siyosiy hisobot (policy brief), tadqiqot memorandumi yoki ekspert tahlili
Ma’ruzalar, «davra suhbatlari» va institutsional brifinglar
Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi, tizimli transformatsiya va institutsional xatarlar mavzularida ma’ruza va brifinglar. Bunda asosiy e’tibor G‘arbdan tashqari qarashlar, rivojlanayotgan bozorlar realligi hamda rasmiy nazorat va operatsion voqelik o‘rtasidagi tafovutga qaratiladi.
-
Format: Yuzma-yuz yoki masofaviy
-
Tillar: Ingliz, Rus, O‘zbek
Nima uchun bu yondashuv farq qiladi?
Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi bo‘yicha maslahatlarning aksariyati asosan huquqiy muvofiqlik mantiqi yoki texnik rivojlanish mantiqi asosida shakllanadi.
Mening ishim boshqacha savolga tayanadi: rasmiy nazorat tizimlari institutsional reallik bilan aloqani yo‘qotsa nima bo‘ladi?
Men O‘zbekiston va MDH davlatlarida iqtisodiyot, bank ishi, biznes va davlat boshqaruvi sohalarida o‘ttiz yillik tajribaga ega bo‘lgan tizimli transformatsiya tahlilchisi man, jumladan, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritganman. Men bosim ostidagi institutlar ichida ishlaganman va barqaror ko‘ringan tizimlar rahbariyat kutganidan ancha tezroq zaiflashishi mumkinligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
Mening tahliliy asosim — Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi bo‘yicha nashr etilgan beshta esseda ishlab chiqilgan bo‘lib, u avvalgi institutsional inqirozlarda kuzatilgan takrorlanuvchi muvaffaqiyatsizlik mexanizmlari qanday qayta namoyon bo‘layotganini o‘rganadi: ko‘rgazmali nazorat, tekshiruvsiz shaffoflik, tartibga solishning kechikishi, kuchlar assimetriyasi va teng bo‘lmagan kontekstlarda qo‘llaniladigan tashqi qoliplar.
Bu shunchaki nazariya emas. Bu — institutsional transformatsiyani bevosita boshdan kechirgan amaliyotchining tajribasidir. Men bilan hamkorlik qiladigan tashkilotlar shunchaki «standart hisobot» izlamayaptilar. Ular institutsional inqirozni ichkaridan ko‘rgan va uning ilk signallarini taniy oladigan maslahatchiga muhtojlar.
Tahliliy poydevor
Ushbu maslahat amaliyoti Sun’iy Intellekt (SI) boshqaruvi bo‘yicha nashr etilgan beshta essega — boshqaruv tizimi aynan jiddiy bo‘lishi kerak bo‘lgan paytda qanday qilib dekorativ bo‘lib qolishini o‘rganuvchi besh qismli tahliliy asosga tayanadi. →
Bu xizmat kimlar uchun?
- Moliyaviy institutlar
- Davlat organlari va regulyatorlar
- Xalqaro tashkilotlar
- Kuzatuv kengashlari va yuqori rahbariyat jamoalari
- Bir nechta yurisdiksiyalarda faoliyat yurituvchi tashkilotlar
- Yuqori darajadagi oqibatlarga olib keluvchi yoki siyosiy jihatdan sezgir muhitda Sun’iy Intellekt (SI) joriy etayotgan institutlar
Hamkorlik formatlari
Hamkorlik bir martalik baholash, doimiy maslahat munosabatlari, buyurtma qilingan siyosiy hisobot yoki yopiq institutsional brifing shaklida tuzilishi mumkin. Har bir kelishuv tashkilotning institutsional kontekstiga, qaror qabul qilish ufqiga va boshqaruv darajasiga moslashtiriladi.
Bog‘lanish
Agar tashkilotingiz Sun’iy Intellekt (SI) tizimlarini joriy etish, sotib olish yoki boshqaruv arxitekturasi bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilayotgan bo‘lsa va sizga shunchaki «hujjatlarga muvofiqlik»dan tashqari mustaqil baholash kerak bo‘lsa, muloqotga tayyorman.
Email: ok@okhodjaev.com
Tahliliy maqolalar: okhodjaev.com
INVEXI LLC · Toshkent, O‘zbekiston
Asoschi, Bosh Direktor: Xodjayev Oybek Erkinovich
Analytical series on AI governance: