10 Yan, 2024

O‘zbekistonga 2023 yilda 6,6 million nafar chet el fuqarolari tashrif buyurishgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil davomida 6,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

2023 yilda O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida – 5,6 million kishi
  • dam olish maqsadida – 773,2 ming kishi
  • xizmat yuzasidan maqsadida – 143,5 ming kishi
  • tijorat maqsadida – 70,4 ming kishi
  • davolanish maqsadida – 61,3 ming kishi
  • o‘qish maqsadida maqsadida – 16,8 ming kishi.

Shundan, dam olish maqsadlarida 773,2 ming kishi Oʻzbekistonga quyidagi davlatlarning fuqarolari tashrif buyurishgan:

  • Rossiya – 235,3 ming nafar;
  • Qozogʻiston – 63,4 ming nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi – 43,8 ming nafar;
  • Tojikiston – 43,4 ming nafar;
  • Turkiya – 38,3 ming nafar;
  • Xitoy – 35,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 32,2 ming nafar;
  • Hindiston – 27,1 ming nafar;
  • Germaniya – 22,8 ming nafar;
  • Italiya – 22 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 209,4 ming nafar.

 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.