11 Dek, 2023

Osiyo Taraqqiyot Banki O‘zbekistondagi qishloq yo‘llarini yaxshilash maqsadida 240 mln. AQSH dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi 700 kilometrlik qishloq yo‘llarini transport aloqasini yaxshilash va qishloq taraqqiyotiga ko‘maklashish maqsadida xavfsizroq va iqlim o‘zgarishiga chidamliroq qilish uchun 240 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi.

“Dengizdan ikki davlat bilan ajratilgan O‘zbekiston aholisining qariyb yarmi qishloq xo‘jaligi asosiy tirikchilik manbai bo‘lgan qishloq joylarda istiqomat qilayotgani uchun aloqa juda muhim ahamiyat kasb etadi”, dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. «Xavfsiz, ishonchli va iqlimga chidamli qishloq yo‘llari orqali qishloq jamoalari va bozorlar va xizmatlar o‘rtasidagi aloqani saqlab qolish inklyuziv va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etadi».

Ushbu loyiha 2030 yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llarini rivojlatirish milliy strategiyaga va 2035 yilgacha bo‘lgan Qishloq yo‘llari strategiyasiga muvofiq bo‘lib, Hukumatning Qishloq yo‘llarini rovojlantirish dasturini oldinga siljitish imkonini beradigan asosiy tashabbus bo‘lib hisoblanadi. Asosiy e’tibor 12 viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mahalliy va xo‘jaliklararo qishloq yo‘llariga qaratiladi. Yaxshilashlar qirg‘oqlar, ko‘priklar, suv o‘tkazgichlar va drenaj tizimlarini kuchaytirish orqali transport qatnovi sig‘imi, sifati, aloqa, xavfsizlik va iqlimga chidamlilikni oshirishga qaratilgan.

Loyiha O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ilg‘or tashabbus bo‘lib, qishloq aholi punktlari va fermerlarga bozorlar, maktablar, sog‘liqni saqlash xizmatlari va tuman markazlariga har qanday ob-havo sharoitida borish imkonini beradi.  

«OTB qishloq yo‘llarini barqaror saqlash uchun ham Avtomobil yo‘llari qumitasi, ham mahalliy xokimiyat organlarining operativ salohiyatini kuchaytirishga yordam beradi», dedi OTBning tranport buyicha katta mutaxassisi Yonkun O. «Biz qarorlar qabul qilish va rejalashtirish imkoniyatlarini yaxshilash uchun internetga va geografik axborot tizimiga asoslangan qishloq yo‘llari aktivlarini boshqarish tizimini joriy qilishda qo‘llab-quvvatlaymiz, bu esa yanada samarali xizmat ko‘rsatish va resurslarni taqsimlash imkonini beradi.»

Bozorlarga kirish imkoniyatini oshirish va iqtisodiy imkoniyatlarning yaxshilanishidan foyda olish uchun loyiha qishloq ayollariga barqaror qishloq xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishiga chidamli amaliyotlarni o‘rgatish orqali ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tadbirkorlik va tirikchilik ko‘nikmalarini o‘rgatish maqsadida aholi punktlarini rivojlantirish muassasalari modernizatsiya qilinadi va gender zo‘ravonlik va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan.  O‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 mlrd. AQSH dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etgan.

OTB o‘ta qashshoqlikka barham berish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intiladi.  OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 68 mamlakat a’zo bo‘lgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.

 

Manba: Osiyo taraqqiyot banki 

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.