O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2023 yilning noyabrida oylik yig‘ma iste’mol narxlari indeksi (INI) 101,1%ni, 2022 yilning dekabriga nisbatan 107,4%ni tashkil etdi. Yillik nisbatda o‘tgan yilning noyabriga nisbatan yig‘ma INI 108,8% darajasida shakllandi.
INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 2023 yilning yanvar noyabrida 0,7%ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga va 2021 yilning yanvar noyabridagiga nisbatan 0,1 foiz bandga past bo‘ldi.
2023 yil noyabrida tovarlar bo‘yicha INI oy davomida 101,0%ni tashkil etdi. Joriy yil boshidan ushbu ko‘rsatkich 107,5%ga yetdi. Yillik nisbatda tovarlar bo‘yicha INI 108,%9 darajasida shakllandi.
2023 yilning noyabr oyida xizmatlar bo‘yicha qisqa muddatli INI 101,5%ni tashkil etdi, 2022 yilning dekabriga nisbatan INI 107,1%ga, 2022 yilning noyabriga nisbatan 108,3%ga yetdi.