O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2023 yilning dekabrida oylik yig‘ma iste’mol narxlari Indeksi (INI) 101,2%ni tashkil etdi.
Yillik nisbatdagi (2022-yilning dekabriga nisbatan) yig‘ma INI 108,8% darajasida qayd etildi.
2023- yilning yanvardekabrida yig‘ma INI o‘rtacha oylik o‘sish sur’ati 0,7% ga yetdi. Bu, bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 0,2 foiz bandga va 2021- yildagi ko‘rsatkichdan 0,1 foiz bandga past bo‘ldi.
* – Iste’mol narxlari indeksi (INI) iste’mol sektoridagi inflyatsion jarayonlarning asosiy indikatori sifatida alohida o‘rin egallab, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashda hal qiluvchi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmas iste’mol tuzilmasi bo‘yicha aholi tomonidan ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan iste’mol uchun xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarning belgilangan to‘plami qiymatining o‘zgarishini ifodalaydi.