O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:
- Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi indeksi 106,8%, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,8%ga yuqori;
- Iste’mol narxlari indeksi (o‘tgan yil dekabriga nisbatan) 108,7%, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3%ga yuqori;
- Chakana savdo aylanmasi o‘sish sur’ati 109,7%, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7%ga yuqori;
- Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 109,2%, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1%ga yuqori;
- Bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 113,3%, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3%ga kam;
- Tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati 103,6%, jumladan, import o‘sish sur’ati 103%, eksport o‘sish sur’ati esa 104,4%ni tashkil etdi.