18 Okt, 2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy holati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining ma’lumotlariga asosan 2024-yil 1 oktabr holatiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 37.355,6 ming kishini tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasining boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida qo’yidagicha ifodalandi:

  • Yalpi ichki mahsulot hajmining o’sish sur’ati 106,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,1 foizga oshdi;
  • Sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi indeksi 107,0 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 foizga oshdi;
  • Iste’mol narxlari indeksi (o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan): 106,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga oshdi;
  • Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati 109,2 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oshdi;
  • Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga oshdi;
  • Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 112,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 foizga oshdi;

Aholining real umumiy daromadlari o’sish sur’ati 107,7 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 foizga o’shdi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.