O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 40,0 milliard AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 milliard AQSh dollariga yoki 23,2 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 16.434,6 mln. AQSH dollariga (2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 27,8%ga ko‘paydi) va import hajmi 23.611,0 mln. AQSH dollariga (20,2%ga ko‘paydi) yetdi.
Hisobot davrida -7.176,4 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.