Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi doirasida:
- yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atini 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada, investitsiyalarni esa, yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan kamida 30 foiz bo‘lishini ta’minlash choralari ko‘rilsin;
- iqtisodiyot tarmoqlarida 18 milliard dollarlik 309 ta yirik loyihalar ishga tushirilsin;
- yillik inflyatsiya darajasini 9 foizgacha va fiskal taqchillikni 4 foizgacha bo‘lishi ta’minlansin, keyinchalik inflyatsiya va davlat budjeti taqchilligi ushbu ko‘rsatkichdan pasaytirilishi choralari ko‘rilsin;
- iqtisodiyotga 275 trillion so‘m kredit resurslarini yo‘naltirish, shu jumladan 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlansin;
- banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2–3 foiz bandga pasaytirish uchun zarur sharoitlar yaratilsin.