O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yil 1 oktyabr holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida 819 ta maxsus iqtisodiy zonalar mavjud bo’lib, ularda 5196 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan: 22 ta maxsus (erkin) iqtisodiy zonalar (keyingi o‘rinlarda – MIZ), 323 ta kichik sanoat zonasi (keyingi o‘rinlarda – KSZ), 24 ta texnopark hamda 450 ta klasterlar (keyingi o‘rinlarda – klaster) mavjud bo‘lib, ularning tarkibidagi korxona va tashkilotlar soni MIZda 752 tani, KSZda 2488 tani, exnoparklarda 1501 tani va klasterlarda 455 tani tashkil etdi.
2023- yilning yanvar-sentabr oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami – 55229,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda – 27545,6 mlrd. so‘mni, KSZda – 6354,4 mlrd. so‘mni, texnopark – 699,1 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 20700,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
2023- yilning yanvar-sentabr oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlarlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi
Moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami – 5650,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda 2487,1 mlrd. so‘mni, KSZda – 325,2 mlrd. so‘mni, texnopark – 334,7 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 2503,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.