2024 yilning 22–24–aprel kunlari “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasida Markaziy Osiyoda savdo-sanoat kooperatsiyasi yoʻnalishidagi muhim tadbirlardan biri – sanoat mahsulotlarining navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” Koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Ko’rgazmada O’zbekiston, Rossiya, Xitoy, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan 400 dan ortiq kompaniya rahbarlari va vakillari hamda rasmiylar ishtirok etadi.
Umumiy maydoni 14 ming kvadrat metrdan ortiq pavilyonlarda sanoatning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari aks ettirilgan stendlar joylashtiriladi.
Ko‘rgazma mehmonlari sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport, raqamlashtirish, infratuzilma va boshqa mavzularga bag‘ishlangan turli sessiyalarda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirlarga boy dastur barcha mehmonlarga yangi mijoz va hamkorlar topish, sohalar yetakchi vakillari bilan tajriba almashish va biznes aloqalarini kengaytirish imkoniyatini beradi.
Manba: INNOPROM