25 Okt, 2022

Asosiy kapitalga investitsiyalar asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o‘zlashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 9 oyida O‘zbekistonda 190,0 trln. so’mlik asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar asosan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan o’zlashtirilgan bo’lib, bu 2021 yilning mos davriga nisbatan 105,0 foizni tashkil etdi.

Shundan 57,0% yoki 108,3 trln. so’m asosiy kapitalga investitsiyalar jalb qilingan mablag‘lar hisobidan va 43,0 foizi yoki 81,7 trln. so’mi – korxonalar, tashkilotlar va aholining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan.

2022- yil yanvar-sentabr oylarida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2021- yilning mos davridagi ulushiga nibatan 6,3 % punktga kamayib, 13,7 % ni yoki 26,1 trln. so‘mni tashkil etdi.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 163,9 trln. so‘m yoki jami investitsiyalarning 86,3 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,3 % punktga ko‘paydi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning hajmi 8,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan investitsiyalarning  jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2021-yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 4,9 % punktga kama`ygan holda 4,4 % darajasida qayd etildi.

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.