09 Noy, 2023

“Lonely Planet” nashri tomonidan O‘zbekiston – eng yaxshi sayohat maskani deb topildi

Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasi davomida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamovga dunyodagi eng mashxur turistik nashriyotlardan biri “Lonely Planet” Vitse Prezidenti Tom Brody tomonidan 2024-yil uchun “O‘zbekiston – eng yaxshi sayohat maskani” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan maxsus sertifikat topshirildi.

Ma’lumot uchun: “Lonely Planet” – sayohat bo’yicha qo’llanma va kitoblar nashriyoti bo‘lib, 1973-yilda Avstraliyada tashkil etilgan kompaniya 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan. Kunlik kuzatuvchilari soni 15 mln. ga yaqin.

Joriy yilning 25-oktabr kuni 10 nafar davlatlar (Benin, Chili, Xorvatiya, Hindiston, Pokiston, Meksiko, Marokash, Sent-Lyusiya va O‘zbekiston) orasida O‘zbekiston nomzodi “Lonely Planet” nashriyoti ekspertlari tomonidan g‘olib deb topilgan.

“Lonely Planet” ekspertlari tomonidan taqdim etilgan ma’umotlarga ko‘ra O‘zbekiston quyidagilar islohotlar uchun tanlangan:

“O‘zbekiston bo‘ylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar o‘tgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qal’a shaharlarini bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini tezyurar temir yo‘l va qulay ichki reyslar tarmog‘i egallagan bo‘lsa-da, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yo‘li davrini eslatib turadi. Nurota tog‘larida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga cho‘pon jamoalari hayotini ko‘rsatadi”.

Mukofotlar haqida ko‘proq ma’lumot quydagi havolada keltirilgan: https://www.lonelyplanet.com/best-in-travel/countries 

O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etdi.

An-anaviy tarzda O‘zbekiston milliy stendi ostida ishtirok etayotgan Turizm qo‘mitasi mas’ullari tomonidan “World Travel Mart” xalqaro turizm yarmarkasida mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy dalvatlar orasida keng targ‘ib qilish, xorijiy turizm sohasi maʼmuriyati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida muzokaralar olib borildi.

Xususan, “BBC World News” kompaniyasining Yevrosiyo hududi rahabari S.Stanovkin bilan mamlakat turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, “CNN”ning MDH hamda Osiyo mamlakatlari bo‘yicha direktori I.Axmad va “Euronews” kompaniyasining xalqaro tijorat direktori K.Shtayn bilan xalqaro media maydonlarida O‘zbekistonning yuksak madaniyati, boy tarixi va turizm salohiyatini yoritishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

 

Manba: Uzbektourism.uz

Bizga yozing

Iltimos, ariza shaklini to’ldiring va biz tez orada siz bilan bog’lanamiz.